Niderlandiya qirollik futbol assotsiatsiyasi rahbari Maykl van Prag Superliga musobaqasini tashkil qilish g'oyasi kimga tegishli ekanini aytdi. Eslatib o'tamiz, Football Leaks tarqatgan xabarga ko'ra, Evropaning top-klublari 2021 yildan boshlab Superligani tashkil qilishni rejalashtirishmoqda.
"Balki qandaydir hujjatlar bo'lishi mumkin, ammo, ishonchim komil, hozirgi kunda Superligani tashkil qilish masalasi kun tartibida emas. Klublar vakillari bilan so'nggi uchrashuvimizda men bu savolni o'rtaga tashladim. Ular bunday g'oya yo'qligini ma'lum qilishdi.
Shu aytishim mumkinki, Superligani tashkil qilish orqali UEFAga tahdid qilgan klub "Bavariya" emas, bu — "Real". Karl-Xaynts Rummenigge vaziyatni normallashtirish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qildi. U hech kimni sotmadi. Aksincha, futbol oilasini saqlab qolish uchun ko'p ish qildi", – dedi Maykl van Prag.