«Real» yarim himoyachisi va Xorvatiya terma jamoasi sardori «Oltin to'p»-2018ni yutish imkoniyati borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Ushbu sovrinni yutish uchun asosiy da'vogar bo'lish — men uchun sharaf. Agar sovrinni qo'lga kiritsam, mendan baxtliroq odam bo'lmasdi. Agar "Oltin to'p" menga nasib qilmasa — hech narsa o'zgarmaydi. Men ajoyib mavsumni o'tkazdim. Bor gap shu», – dedi Modrich.
Eslatib o'tamiz, Modrich FIFAning eng yaxshi futbolchisi — The Best sovriniga ega chiqqandi. Shuningdek, xorvatiyalik futbolchi JCh-2018ning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan.