"Real" yarim himoyachisi Kazemiro Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida bo'lib o'tgan "Selta"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.
Dastlab braziliyalik futbolchi to'pig'idan olgan jarohatidan to'liq sog'ayishi uchun 3 hafta vaqt ketishi haqida xabar tarqatilgandi. Ammo Marca tarqatga xabarga ko'ra, futbolchi kamida 4 hafta davomida maydonga tusha olmaydi.
Shu bois, Kazemiro Chempionlar ligasi guruh bosqichining qolgan 2ta — «Roma» va TsSKAga qarshi o'yinlarda ishtirok eta olmaydi.
"Real" safida jarohat olgan yana boshqa futbolchilar ham bor. Nacho 2 oy futbol o'ynay olmasa, Serxio Regilon 3 haftaga safdan chiqqan.