Fransiya milliy sudi "Real" hujumchisi Karim Benzema va "Fenerbaxche" yarimhimoyachisi Matye Valbuena ishi bo'yicha qarorni 11-iyul kuni qabul qiladi, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq sud Benzemaning appelyatsiyasini rad etgan edi. 2015-yilda "Real" a'zosi Karim vatandoshi Matye Valbuenani videoyozuv orqali bir guruh tomonidan shantaj qilganlikda ayblanmoqda. Jinoyatchilar Valbuenaga taxdid qilib undan pul undirib olishni maqsad qilishgan edi. Bu video esa Benzemaning telefonidan topilganligi, futbolchini asosiy gumondor qilib ko'rsatmoqda.