"Barselona" va "Real" "PSJ" hujumchisi Neymarga qiziqishlarini saqlab qolmoqda.
26 yoshli hujumchini ortga qaytarish borasida "Barsa" rahbarlari va futbolchilar ham o'ylamoqda, Neymarning o'zi ham bunga qarshi emas. Biroq "Barselona" klubiga bu transferni amalga oshirishga moliyaviy jihatdan muammo yuzaga kelishi mumkin. Sababi klub so'nggi yillarda transferlarda ko'p pul sarflashdi.
Ayni damda "Real" ham Neymarga da'vogar. Florentino Peres anchadan beri braziliyalikga qiziqish bildirib keladi. Peres kelayotgan yozda albatta 26 yoshli hujumchiga taklif jo'natib ko'radi.
Bobojonov