«Real» prezidenti Florentino Peres himoyachi Marseloga klub safiga qo'shilganiga 12 yil to'lishi munosabati bilan futbolka sovg'a qildi. Futbolchiga "12 yil" yozuvi tushirilgan "Madrid" formasi taqdim etildi.
30 yoshli braziliyalik futbolchi 2006 yilda "Flumenense" klubidan "qaymoqranglilar" safiga kelib qo'shilgandi. Bu vaqt davomida Marselo 4 martadan Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Marselo La liganing ushbu mavsumida 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Eslatib o'tamiz, futbolchi "Real" safida 12-raqamli futbolkada o'ynaydi.