«Monako» hujumchisi Radamel Falkao qishda jamoani tark etishi mumkin. Kolumbiyalik futbolchi o'zining agentiga «Real» bilan muzokara olib borish vazifasini qo'ydi. Bu haqda Marca tarqatdi.
Falkao so'nggi paytlarda o'zining «Monako»dagi holatidan qoniqish hosil qilmayapti. Shu bois, faoliyatini davom ettirish uchun yaxshiroq klub qidirmoqda.
32 yoshli Falkao 2017 yilning yozida o'z klubi bilan shartnomani bir yarim yilga uzaytirgandi. Shu bois, u qishda «Monako»ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.