Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri AS nashri jurnalisti Serjio Kano sms xabar yuboradi va "Real" hujumchisi Karim Benzema bilan uchrashuv tashkil etishni so'raydi.
"Ko'k"lar ustozi qishda yangi hujumchi bilan shartnoma imzolashni xohlaydi va u Benzema ajoyib variant sifatida qaramoqda. Futbolchining o'zi ham Mauritsio Sarri bilan ishlashga qarshi emas.
Bu transferga to'sqinlik qiladigan bir jihat bor. Hozirda Premyer-liga jamoalarida ligionerlar sonini chegaralash borasida qonunlar ko'rib chiqilmoqda. Albatta bu qonun joriy etilsa "Chelsi"ga o'xshagan jamoalarga transfer qilish imkoniyatlari pasayadi.
Bobojonov