"Real Madrid" va Portugaliya terma hujumchisi Krishtianu Ronaldu dos Santos Aveiro Rossiyaga qarshi Konfederatsiyalar kubogida gol kiritishga muvoffaq bo'ldi.
Bu bilan 32 yoshli hujumchi Rossiya (SSSR) darvozasiga mehmonda (Rossiyada) to'p kiritgan ilk futbolchiga aylandi. Shu paytgacha Rossiya (SSSR) "yevropa braziliyasini" uyda 4 marta qabul qilgan; 3 ta g'alaba va bitta durang; to'plar nisbati 7:0.
Demak, portugallar bugun mehmonda Rossiya ustidan dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi.