Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng Luka Modrich va Dani Sebalyos kichik to'qnashuv yuzaga keltirishdi.
Vaziyatlarning birida Luka Daniga qo'lini silkitdi. Marca nashri xabariga ko'ra Luis Enrike shaxsan Sebalyosga muntazam bosim uyishtirib turishni ko'rsatma qilganligi aytib o'tilmoqda. Uchrashuvdan so'ng esa:
Sebalyos: "Uchrashuv davomida menda Modrich bilan muammo yuzaga keldi. Ammo bunday muammolar faqat maydonda yuzaga keladi. Luka - ajoyib futbolchi va yaxshi inson".
Modrich: "Dani o'z vatani sha'nini himoya qildi, men esa o'zimni. Bu normal xolat. Uchrashuvdan so'ng biz kelishib ketdik. Bu oddiy o'yin omilidir".
Bobojonov