O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan "Real Madrid" klubi akademiyasi va O'FA o'rtasida tuzilgan kelishuvga asosan, ayni kunlarda Madridning “Real” jamoasi mutaxassislari Xaver Vara va Ektor Visentelar “Real Madrid Foundation Clinic” dasturi bo'yicha yurtimizda bo'lib turishibdi.
Yuklab olish

Ular dastlab Surxondaryoning Termiz shahriga borib, o'sha erdagi yosh futbolchilar va murabbiylarga mahorat darslari o'tkazishdi.Shundan so'ng “Real Madrid” murabbiylari Buxoro shahriga tashrif buyurdilar. Xaver Vara va Ektor Visentelar 18 noyabr kuniga qadar Buxoro shahrida “Real Madrid Foundation Clinic” dasturi bo'yicha hududiy futbol akademiya tarbiyalanuvchilariga tajriba mashg'ulotlarini olib boradilar.
Ispaniyalik mutaxassislar Surxondaryo va Buxorodan tashqari, Andijon viloyati hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi akademiyasida ham amaliy dars va mashg'ulotlar o'tkazishi rejalashtirilgan.