Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Xorvatiyaga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Uchrashuv so'nggida ispaniyalik futbolchi oyog' mushaklarida noqulaylik sezgan. Shundan so'ng, Ramos terma jamoa ixtiyorini tark etdi.
Shunday tarzda, Ramos Bosniya va Gertsegovinaga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Ma'lum bo'lishicha, Ispaniya murabbiylar shtabi jamoa sardoriga dam berishga qaror qilishgan. Hozircha, uning jarohat tafsilotlari noma'lum.