Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Lopetegiga 36 million yoxud «Real» iste'folarga qancha sarflamoqda?

Ha, «Real» Xulen Lopetegini iste'foga chiqargani ortidan naq 36 million evro yo'qotishi mumkin.

.
- Yuklab olish

Ha, «Real» Xulen Lopetegini iste'foga chiqargani ortidan naq 36 million evro yo'qotishi mumkin. Shunday taqdirda klub tomonidan Florentino Peres davrida haydalgan murabbiylarga to'langan kompensatsiya miqdori 61 millionga etadi...

ShARTNOMANING NOZIK TOMONLARI

Ko'p narsa «Barselona»ga qarshi o'yin (1:5)dan so'ng salbiy natijalar sabab, iste'foga chiqarilgan Xulen Lopetegining shaxsiy yondashuviga bog'liq. Mundo Deportivo nashrida yozilishicha, shartnoma barvaqt bekor qilingani ortidan «Qirollik klubi» va shaxsan uning prezidenti Florentino Peres hech qanday talofat ko'rmasligi ham mumkin.

Ammo baskoniyalik mutaxassis agar hujjat bo'yicha o'z haq-huquqini to'la talab qilsa, unda «Real» moddiy tomondan kattagina yo'qotishga duch keladi. Aniqroq aytsak, 3 yillik shartnoma (kelishuv 2021 yilning iyun oyigacha mo'ljallangandi)ga ko'ra, «Madrid»ning bankdagi hisob raqamidan 36 million evro (klub uchun rekord darajadagi kompensatsiya) echib olinadi.

Ya'ni murabbiy har bir yil uchun 12 milliondan talab qilishga haqli. Biroq turli manbalarda Lopetegi va «Real» o'rtasidagi bitim shartlari va o'zaro munosabat haqida berilayotgan ma'lumotlar bir-biridan keskin farqlanmoqda.

Misol uchun, El Confidencial nashri xulosasiga tayanib aytsak, sobiq bosh murabbiy bir tsent haqini ham qoldirmaydi va belgilangan maoshi - 36 million evroni to'liq holda olishni istaydi. To'g'ri, soliq to'lovlari amalga oshirilgach, Lopetegi qo'liga sof 18 million tegadi. Chunonchi, uning klubdan ketishiga «shartnomani bekor qilish» emas, «iste'fo» sabab bo'lgan.

Ispaniyaning Onda Cero radiostantsiyasi ma'lumotlariga ko'ra esa, bask mutaxassisi va Madrid klubi o'rtasida tuzilgan shartnomada alohida bir band bor. Unda agar murabbiy Rojdestvaga qadar iste'foga chiqarilsa, faqat 1 yil uchun haq olishi yozilgan.

Shu rost bo'lsa, jamoa 12 million evro ajratadi va soliq to'lovlaridan keyin Xulenga chamasi 6 «limon» tegadi. Yana bir radiostantsiya - Cadena Ser umuman boshqacha xabar tarqatdi: «Real» Lopetegiga faqat birinchi yarim yillik uchun maosh to'laydi, chunki u yanvargacha ham ishlagani yo'q». Bunday taqdirda Florentino Peres atigi 6 million evro berish bilan qutuladi, shundan yarmi baskoniyalik murabbiy qo'liga etadi, xolos.

ISTE'FOLAR UChUN 61 MILLION EVRO

Agar «Real» uchun eng yomon variant yuzaga kelsa, Florentino Peres davrida ishdan haydalgan murabbiylarni rozi qilish uchun ketgan summa 61 million evroga etadi.

«Madrid»ning ustamon prezidenti o'z vakolati davomida muddatdan oldin javob bergan 7 nafar murabbiyga haq to'lagan. Tabiiyki, ular «Qirollik klubi» bilan majburan xayrlashishgani uchun turli miqdorda kompensatsiya olishgan.

Florentino Peres davrida iste'foga chiqarilgan va kompensatsiya mablag'i olgan murabbiylar

Murabbiy

Ish muddati

Kompensatsiya miqdori

(soliq to'lovidan oldin)

Karlush Keyrush

333 kun (25.06.2003 - 24.05.2004)

1 350 000 evro

Mariano Garsiya Remon

101 kun (20.09.2004 - 30.12.2004)

227 500 evro

Vanderley Lushemburgu

340 kun (30.12.2004 - 05.12.2005)

1 756 000 evro

Manuel Pellegrini

358 kun (02.06.2009 - 26.05.2010)

4 200 000 evro

Karlo Anchelotti

698 kun (26.06.2013 - 25.05.2015)

7 400 000 evro

Rafael Benites

215 kun (03.06.2015 - 04.01.2016)

10 000 000 evro

Xulen Lopetegi

139 kun (12.06.2018 -  29.10.2018)

36 000 000 evro (agar klub

3 yillik shartnoma uchun

to'liq haq to'lasa)

 

 

Murabbiy

Ish muddati

Kompensatsiya miqdori (soliq to'lovidan oldin)

Karlush Keyrush

333 kun (25.06.2003 - 24.05.2004)

1 350 000 evro

Mariano Garsiya Remon

101 kun (20.09.2004 - 30.12.2004)

227 500 evro

Vanderley Lushemburgu

340 kun (30.12.2004 - 05.12.2005)

1 756 000 evro

Manuel Pellegrini

358 kun (02.06.2009 - 26.05.2010)

4 200 000 evro

Karlo Anchelotti

698 kun (26.06.2013 - 25.05.2015)

7 400 000 evro

Rafael Benites

215 kun (03.06.2015 - 04.01.2016)

10 000 000 evro

Xulen Lopetegi

139 kun (12.06.2018 -  29.10.2018)

36 000 000 evro

(agar klub 3 yillik shartnoma uchun to'liq haq to'lasa)

O'RTAGA

«Og'riq»siz xayrlashuvlar. Aslida Peres davrida yana bir qator mutaxassislar «Madrid» bilan xayrlashishgan, ammo ularning ketishlari moddiy tomondan zarar keltirmagan. Gap quyidagi murabbiylar haqida bormoqda:

- Visente Del Boske - klub shartnoma muddatini uzaytirishni istamagan

- Xuan Ramon Lopes Karo - klub shartnoma muddatini uzaytirishni istamagan

- Xose Antonio Kamacho - o'z ixitiyori bilan iste'foga chiqqan

- Zayniddin Zidan - o'z ixitiyori bilan iste'foga chiqqan

- Joze Mourino - shartnoma ikki tomonlama kelishuv asosida bekor qilingan

Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi

BestMaster
16 Noyabr 2018, 09:20
lopetegiga, million, yoxud, «real», istefolarga, qancha, sarflamoqda?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 9
 Sikaman  
Lopetegi biz seni yaxwi korardik nega ketdin ex wunday murabiy
16 Noyabr 2018, 18:08
 letenant007894  
Oneni sikaman harom tryapka betinga tupuraman itdan tarqagan
17 Noyabr 2018, 00:01
dxx
 dxx  
Yaxshi korsang dada deb chaqir lopetekdi
17 Noyabr 2018, 21:43
dxx
 dxx  
Yaxshi korsang dada deb chaqir lopetekdi
17 Noyabr 2018, 21:44
dxx
 dxx  
Yaxshi korsang dada deb chaqir lopetekdi
17 Noyabr 2018, 21:45
dxx
 dxx  
Yaxshi korsang dada deb chaqir lopetekdi
17 Noyabr 2018, 21:46
dxx
 dxx  
Yaxshi korsang dada deb chaqir lopetekdi
17 Noyabr 2018, 21:47
dxx
 dxx  
Yaxshi korsang dada deb chaqir lopetekdi
17 Noyabr 2018, 21:49
dxx
 dxx  
Yaxshi korsang dada deb chaqir lopetekdi
17 Noyabr 2018, 21:50
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads