“Bavariya” madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesni sotib olmaydigan bo'ldi. Bu haqda kicker xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, nemis klubi kolumbiyalik futbolchi uchun 42 million evro to'lashni xohlamayapti.
Eslatib o'tamiz, “Bavariya” 2017 yil 27 yoshli futbolchini 13 million evroga ijaraga olgan edi.