"Espanyol" yarimhimoyachisi Mark Roka jamoasini o'zgartirishi mumkin.
OKDiario nashri xabariga ko'ra 21 yoshli futbolchiga "Real" qiziqmoqda. Xabarlarga ko'ra, ushbu transfer haqida muhokama sentyabr oyida "Real" va "Espanyol"ga qarshi o'yindan oldin tushlikda bo'lib o'tgan.
Roka ushbu mavsumda 12 ta o'yinda maydonga tushib hech qanday natija qayd etmagan. Tayanch yarimhimoyachining shartnomasida tovon puli 40 mln yevro qilib ko'rsatilgan.
Eslatib o'tamiz, "Real" "Espanyol"dan Mario Ermosoni ham ortga qaytarishni reja qilmoqda.
Bobojonov