"Real Madrid Kastilya" futbolchisi Manu Ernando 14-noyabr kuni "Qirollik klubi" bilan shartnomasini 2022-yilgacha uzaytirdi. Ernando faoliyatini yana "Kastilya"da davom ettiradi.
Palensiyalik futbolchi "Kastilya" tarkibida Solarining eng ishongan futbolchisi hisoblanar edi, u deyarli yarim yil jarohati sabab o'yinlarda ishtirok eta olmadi. Sobiq "Real" ustozi Zinedin Zidan ham Manuning iqtidorini yuqori baxolab uni AQSH turnelariga jalb qilgandi.
Manu Ernando Guti boshchiligida 2017-yil "Xuvenil A" bilan trebl qayd etganligi ham e'tiborga molik.
Bobojonov