«Real» yarimhimoyachisi Xames Rodriges Ispaniya soliq idoralari tomonidan rasman ayblanishi mumkin.
OK Diario xabariga ko'ra, idora vakillari futbolchi va uning agentining moliyaviy hujjatlarini tekshirish ishlarini boshlab yuborgan. 2014 yildan buyon Ispaniyada faoliyat olib borayotgan Xames soliqlardan qochish maqsadida offshor kompaniya xizmatidan foydalangan bo'lishi mumkin.
Avvalroq, xuddi shunday tekshiruv ishlari Krishtianu Ronaldu va boshqa futbolchilarga nisbatan o'tkazilgandi.