"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich ushbu mavsum avvalida nima uchun yaxshi o'yin namoyish qila olmaganini tushuntirib berdi.
"Jahon chempionatidan keyin avvalgi formaga kirishim qiyin kechdi. Mundial biz uchun yaxshi kechdi. Shundan so'ng yuqori saviyani ushlab turish oson emas edi. Nazarimda, hozir o'zimga kelib oldim. Jahon chempionatidan keyin emotsiyalar ta'sir ko'rsatmay qolmadi. Ammo mavsum avvalida tayyorgarlik bosqichini ishtirok etmaganim men uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.
Hozir har tomonlama yaxshiman: ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan. Maydonda yaxshiroq harakatlanayotganimni va tezroq qaror qabul qilayotganimni his qilyapman", – dedi Modrich "Marca" nashriga bergan intervyusida.