21 iyun kuni Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogi—2017 musobaqasidan o'rin olgan Rossiyaga qarshi uchrashuv (1:0) da maydonga 10 yoshli imkoniyati cheklangan qizaloq Polina Xayridinovani olib chiqdi. Polina oyog'idagi muammolar tufayli hayotini nogironlar aravasida o'tkazayotgan bo'lsada, lekin aktiv hayot formulasida kun kechirmoqda.
Qizaloq – “Konfederatsiyalar kubogi-2017ga “Makdonalds” bilan birgalikda!” loyihasi ishtirokchisi hisoblanib, “Makdonalds” kompaniyasi o'z loyihasiga 6 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan 350 nafar bolalarni jalb etgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan va Sochi shahrida bo'lib o'tayotgan turnir uchrashuvlari oldidan futbolchilar imkoniyati cheklangan nogiron bolalarni maydonga birgalikda olib chiqishadi.
Loyiha ishtirokchilarining yarmidan ortig'i bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va kam taminlangan oilalar farzandlari hisoblanishadi. “Konfederatsiyalar kubogi- 2017ga “Makdonalds” bilan birgalikda!” loyihasning qolgan ishtirokchilari maxsus ijodiy tanlovlarga asosan tanlab olingan.
– Maydonga meni aynan Ronaldu olib chiqishini avvaldan bilgandim va aynan shunday voqea guvohiga aylanishni orziqib kutgandim.
Futbol o'yinlarini jonimdan ham ortiq yaxshi ko'raman, doim futbol tomosha qilib boraman. Ronaldu menga o'zining Portugaliya termasi ramzi tushirilgan sport kiymini hadya etdi. Maydonga chiqqanimizda esa mehr bilan quchoqlab, menga baxt tiladi.
Bunga javoban Ronalduga maxsus biserdan o'ralgan Portugaliya bayrog'ini sovg'a qildim. Bilasizmi, bir oz soniyalarga bo'lsa ham butun dunyo diqqat markazida bo'lish ustiga – ustak Krishtianu Ronaldu bilan birgalikda sur'atga tushish, bu shunchaki ajoyib, ha ajoyib.
Siz buni tasavvur qila olmasligingiz mumkin. Hech qachon o'zimni bunday baxtli his etmaganman. Bu kunlarni esa yodimdan chiqarmayman, chiqarishga haqqim ham yo'q. Barchaga minnatdorchilik bildiraman!, – deydi Polina.