Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Regilon “Selta”ga qarshi o'yindan so'ng “qaymoqranglilar” lazaretini to'ldirdi.
Ispaniyalik futbolchi oyog' mushaklaridan jarohat oldi va uning jarohatidan forig' bo'lishiga kamida bir oy kerak bo'ladi deb xabar beradi Marca nashri.
Ma'lumot uchun, Regilon “Real” asosiy jamoasiga iyul oyida kelib qo'shilgan edi. Joriy mavsum klub tarbiyalanuvchisi 5 ta o'yin o'tkazdi.
Avvalroq, “qirollik klubi”ning lazeretiga Rafael Varan, Marselo, Daniel Karvaxal, Xesus Valexo va Mariano Dias yo'l olgandi. Shuningdek, Keylor Navasning tizzasida muammolar bor.