«Real» sardori Serxio Ramos klub rahbariyatining xatti-harakatidan norozi bo'lmoqda. So'nggi paytlarda futbolchiga nisbatan yog'ilayotgan tanqidlarga qarshi jamoa hech qanday chora ko'rmayotgani futbolchiga yoqmayapti.
Avvalroq «Real» ishqibozlari o'yinlardan birida Ramosga nisbatan hushtakbozlik qilishgandi. Boisi, muxlislarning fikricha, Serxio jamoaning ichki muhitini izdan chiqarmoqda.