Italiyaning “Yuventus” klubi “Bavariya” yarim himoyachisi Xames Rodrigesga qiziqib qoldi. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, kolumbiyalik futbolchi jamoasini o'zgartirishga tayyor. Xames o'yin amaliytisiz qolayotgani va jamoa rahbariyati bilan kelisholmayotgani sababli jamoadan ketmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Xamesning transfer huquqi “Real”ga tegishli hisoblanadi. Shuningdek “Bavariya” futbolchini yozda 40 million evroga sotib olish imkoniyati ham bor.