Ispaniyalik yarimhimoyachisi Marko Asensio jamoadagi o'z vaziyati haqida gapirib o'tdi.
"Ishlaring yaxshi ketsa hamma seni dunyoning yeng yaxshisi deb ataydi. Orqaga ketsa - eng yomonsan. Albatta, tanqidlarning ko'p qismi o'rinli va haqoniy, ammo jurnalistika qanday ishlashini biz yaxshi bilamiz.
Men hamma tanqidni e'tibor qaratmoqchi emasman, lekin uning bir qismi faqatgina zarar yetkazishga qaratilgan. Men bunga e'tibor bermayman, menga bu ta'sir qilmaydi - men diqqatimni boshqa narsaga qaratganman.
Lopetegining Solariga almashtirilishi? Futbol Xulenga adolatsizlik qildi. Hal qiluvchi pallalarda nimadir o'xshamadi yoki bizga nimadir yetishmadi - istaganingizcha gapirishingiz mumkin endi. U "Madrid"da ishlashi uchun yetarli imkoniyatga ega bo'lmadi. Ammo ishonchim komil u kelajakda albatta muvaffaqiyatga erishadi.
Solari kelganidan so'ng nimadir yaxshilandi, natijalar keldi ammo bu futbol. Solari - bizning murabbiy. U bilan o'limgacha birgamiz. Biz yanada kuchli bo'lishimiz va g'alabali davrlarga xarakat qilishimiz kerak", - deydi Asensio.
Bobojonov