«Real» klubi rasmiy sayti Santyago Solari bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi. Kelishuvga ko'ra, 42 yoshli mutaxassis 2021 yilning yoziga qadar Madrid jamoasini boshqaradi.
Xulen Lopetegi iste'foga chiqarilganidan so'ng argentinalik mutaxassis 2 hafta davomida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi bo'lib ishlab kelayotgandi. Uning qo'lostida jamoa 4ta o'yin o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozondi.