«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning jinoyat ishi tafsilotlari oydinlashdi.
Ishni engillashtirish uchun, futbolchining advokatlari muhim hujjatlardan birini qalbakilashtirgan bo'lishi mumkin, deb xabar bermoqda Der Spiegel.
Himoyaning fikriga ko'ra, Ronalduning daromadlari 2009 yildan boshlab tekshirilishi kerak. Chunki futbolchi aynan shu yili «MYu» klubini tark etib «Real»ga o'tgan. Ammo prokuror bu haqdagi hujjatni qabul qilmagan va Ronaldu 2008 yil 12 dekabr kuni «Real»ga o'tganini aytgan.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 14,8 mln evro miqdoridagi soliqlarni to'lamaganlikda ayblamoqda.