"Real Madrid" rahbarlari ispaniyalik yarimhimoyachi Iskoning ortiqcha vazn to'playotganidan norozi, bu haqida OK Diario nashri xabar berib o'tadi.
Yuqoridagi nashr xabariga ko'ra, Isko appenditsit sababli operatsiyadan so'ng ortiqcha vaznga ega bo'lib qolgan. Shuningdek, Isko Santiago Solari bilan yaxshi munosabatda emasligi aytilmoqda, Solari jamoaga kelganidan so'ng Isko biror marta ham asosiy tarkibda maydonga tushmadi.
Eslatib o'tamiz, Fransisko ushbu mavsumda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golga assistentlik qildi.
Bobojonov