«Real» va Antonio Konte o'rtasidagi muzokaralar nima uchun muvaffaqiyatsizlikkka uchragani ma'lum bo'ldi. Xulen Lopetegi iste'foga chiqarilganidan keyin italiyalik mutaxassis "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi lavozimi uchun asosiy nomzod bo'lib turgandi. Ammo Konte tomonidan ilgari surilgan bir nechta talablar Florentino Peresga yoqmadi.
Konte 10 million evrodan ko'proq yillik maosh so'ragan. Bundan tashqari, u shartnoma muddati uzoq bo'lishini hamda ehtimoliy iste'folardan kafolatlangan bo'lishini istagan. Shuningdek, o'zining murabbiylar shtabiga 5 nafar mutaxassisni kiritishni xohlagan.
Konte jamoaga yangi futbolchilarni olib kelish uchun katta miqdorda pul sarflanishini talab qilgan. Bularning tashqari, Antonio Konte klub boshqaruvini har tomonlama o'z ixtiyoriga olishni istagan.
Shu bois, «Real» Kontening xizmatidan voz kechib, Santyago Solari variantida to'xtalishga majbur bo'ldi.