«Real» klubining vaqtinchalik bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Santyago Solari yaqin kunlarda jamoaning to'laqonli murabbiyiga aylanishi kutilmoqda.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar prezidenti Florentino Peres ushbu mutaxassisga 2020 yilning iyuniga qadar bo'lgan shartnoma taklif qilmoqchi.
«Real» Ispaniya futbol federatsiyasiga maktub yo'llab, Solari «Kastilya» bosh murabbiyi vazifasidan ozod etilgani va bosh jamoaning to'laqonli murabbiyiga aylangani haqida ma'lum qildi.
Ammo "Madrid" Solari bilan shartnoma imzolangani haqida keng ommaga hali rasmiy xabar tarqatmadi.