Madridning "Real" klubi himoyachisi Serhio Regilon son mushaklaridan jarohat olganligi aniqlandi, bu haqida "Real" rasmiy sayti xabar berib o'tadi.
Yakshanba kuni "Balaidos"dagi uchrashuvda Regilon jarohat olib maydonni tark etganidan xabaringiz bor. Hozirda berilgan ma'lumotga ko'ra Serhioning jarohatidan tuzalishi uchun bir oy muddat kerak bo'ladi.
Regining 19-dekabr kuni Abu-Dabidagi Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish ehtimoli yuqori.
Bobojonov