Bugun Santyago Solarining "Real"dagi "vaqtinchalik bosh murabbiy" vazifasi yakunlandi. "Qirollik klubi" Solari bosh murabbiy etib tayinlangani haqidagi hujjatlarni Ispaniya futbol federatsiyasiga yubordi.
Argentinalik mutaxassis bungacha "Kastilya" bosh murabbiyi sifatida ishlayotgandi. Xulen Lopetegi 29 oktyabr kuni iste'foga chiqarilganidan keyin u "Real"da vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangandi. Uning boshqaruvida "qaymoqranglilar" 4ta o'yinda maydonga tushib, ularning barchasida g'alaba qozondi.
Qayd etilgan natijalar klub rahbariyatiga ma'qul keldi hamda mavsum so'ngiga qadar jamoani Santyago Solariga ishonib topshirishga qaror qilindi.