Ispaniya La ligasining 12-turi doirasida bo'lib o'tgan "Selta"ga qarshi o'yinda "Real" futbolchilari — Nacho va Kazemiro jarohat olishgandi. Bugun o'tkazilgan tekshiruvlardan so'ng ularning tiklanishi qancha vaqt ketishi aniq bo'ldi.
"Qirollik klubi" rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, Nacho 2 oyga safdan chiqqan va u faqatgina 2019 yilda maydonga qaytishi mumkin. Kazemironing tiklanishi uchun esa 3 hafta vaqt kerak bo'ladi. Shuningdek, kechagi o'yinda Serxio Regilon ham jarohat olgandi. Unga qancha vaqt kerak bo'lishi hozircha aniq emas.
Ispaniya chempionatining 12-turidan keyin 20 ochko bilan jadvalda 6-o'rinni egallab turibdi.