Frantsiyalik jurnalist Erik Mamryut ushbu mavsumda o'tkazilayotgan "Oltin to'p" sovrini uchun so'rovnomada etakchilik qilayotgan futbolchining nomini ma'lum qildi.
RFI muxbiri Erik Mamryut tarqatgan xabarga ko'ra, "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich hozirda eng ko'p ovoz to'plagan o'yinchi bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rinda Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Rafael Varan bormoqda. Uchinchi pog'onani "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe egallab turibdi. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi kuchli uchlikka kirishmagan.
Luka Modrich 2018 yilda "Real" bilan Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqqan bo'lsa, Xorvatiya bilan JCh finaligacha etib bordi. Eslatib o'tamiz, xorvatiyalik futbolchi 2018 yilda UEFA va FIFA tomonidan eng yaxshi o'yinchi deb topilgandi.