"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zayniddin Zidan faoliyatini davom ettirish uchun variantlar yuzaga kelmoqda. Bu haqda Don Balon xabar tarqatdi.
Gap "Bavariya", "Manchester Yunayted", "Pari Sen-Jermen" va "Real" haqida ketmoqda. Hozirda Niko Kovach myunxenliklar muvaffaqiyatli boshqara olmayotgan bo'lsa, Joze Mourinoning "MYu"dagi o'rni mustahkam emas. Tomas Tuxel esa "PSJ"da o'zining ilk mavsumini o'tkazmoqda.
Zizu "Qirollik klubi"da eng muvaffaqiyatli ishlagan murabbiy bo'ldi. Yozda u Madridni o'z xohishiga ko'ra tark etdi. Uning o'rniga kelgan Xulen Lopetegi "Real"dan iste'foga chiqishga ulgurdi. Florentina Peres Zidanni jamoaga qaytarish haqida o'ylayotgan bo'lishi mumkin.