«Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Luish Figu so'nggi paytda Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq voqealar yuzasidan o'z fikrini bildirib o'tdi. Ispaniya prokuratuasi tomonidan qo'yilayotgan ayblovlar tufayli portugaliyalik futbolchining Madridda qolishi noma'lum bo'lib turibdi. Shuningdek, Ronaldu «PSJ»ga o'tishi borasida ma'lumotlar tarqalmoqda.
«Menimcha, Ronalduning «Real»ni tark etishi uchun ko'p sabablar bor. Har qanday holatda ham bu uning shaxsiy qarori. Lekin uning boshqa jamoaga o'tishini tasavvur qilish qiyin. Almashtirib bo'lmas o'yinchilar bo'lmasligi haqida fikrni hamisha qo'llab-quvvatlayman. Men faqat Ronaldu va Pepeni nazarda tutmayapman. Klub u yoki bu futbolchiga bog'lanib qolishi kerakmas. Jamoa tarixi barcha narsadan ustun bo'lishi kerak», — dedi Figu.