Hozirda "Real" bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Santyago Solari "qaymoqranglilar"ning to'laqonlik murabbiyiga aylanishi mumkin.
"Qirollik klubi" Ispaniya chempionatining 12-turida bo'ladigan "Selta"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonsa, 42 yoshli mutaxassis bilan mavsum so'ngiga qadar shartnoma imzolanadi.
Jamoaning Solari boshqaruvida qayd etayotgan natijalari (3ta o'yinda 3ta g'alaba) "Real" rahbariyatiga ma'qul kelmoqda. Shuning uchun argentinalik murabbiyga yana imkoniyat berilishi mumkin.
"Selta" – "Real Madrid" o'yini 11 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, La liga reglamentiga ko'ra, vaqtinchalik bosh murabbiy 2 haftadan ortiq vaqt davomida ishlashi mumkin emas. 11 noyabr kuni mazkur muddat yakuniga etadi.