Penalti bajarishning original "panenka" usulining asoschisi Chexoslovakiya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi, 1976 yilgi Evropa chempioni Antonin Panenka zamoanviy futbolda bu usulning ustasi kim ekanini aytdi.
"Ramos buni ikki marta bajardi, to'g'rimi? Shuning uchun uni ng yaxshi ijrochi deb atash mumkin - u bunday usulda bittadan ko'p tepdi. Odamlar buni bilishar edi, shunga qaramay u buni yana bajardi. Bu zo'r.
Bu usul ustida Evro-1976 dan oldin ishlaganman. Har bir darvozabon tomonlarga otilishini tushunardim, shuning uchun bu - markazga tepish yaxshi g'oya bo'lishi mumkin edi. Har mashg'ulotimizdan so'ng darvozabonimiz Zdenek Grushka bilan musobaqalashar edik. U haqiqatan yaxshi darvozabon edi, shuning uchun men ko'p pul, shokolad va boshqa narsalar yutqazganman. Keyn men bu ayyorlikni o'ylab topdim va yuta boshladim. Ammo shokoladlardan semirganim yomon bo'lgan edi", - deydi Panenka.