"Real Madrid" tarbiyalanuvchisi Mario Ermoso ushbu mavsumda "Espanyol" tarkibida La Liganing kashfiyoti bo'ldi desak mubolaga' qilmagan bo'lamiz. Ermoso nixoyat ilk marotaba Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi.
"Qirollik klubi" yosh himoyachini 2019-yil yozda ortga qaytarishni reja qilgan edi. Biroq Marca nashrining bugungi ma'lumotiga ko'ra "Real" qishdayoq Ermosoni qaytarishni rejalashtirgan. Eslatib o'tamiz, "Real" Marid" 23 yoshli markaziy himoyachini 7,5 mln yevro evaziga sotib olish huquqi bilan "Espanyol"ga sotgan edi.
Hozirgi kunda Mario to'p surayotgan "Espanyol" klubi turnir jadvalida 2-o'rinda ketmoqda va buning asosiy sababchilardan biri Mario Ermosoning himoyadagi mustahkamligi.
Bobojonov