"Real" klubi "Leganes"ga ijaraga berilgan darvozabon Andrey Luninning ahvolidan norozi yubo'lmoqda.
AS xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchining ijara shartnomasiga ko'ra, ukrainalik darvozabon ushbu mavsumda "pepineros" safida kamida 15 marta maydonga tushishi kerak.
Ammo "Leganes" murabbiylar shtabi Andreyni jamoaning asosiy tarkibida bir marta maydonga tushirdi xolos.
"Qirollik klubi" agar vaziyat o'zgarmaydigan bo'lsa, Luninni muddatidan avval ijaradan qaytarib olish haqida "Leganes"ni ogohlantirdi.