Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos “Viktoriya” futbolchisi Milan Xavelga ishlatgan qo'poligi uchun uzr so'radi.
“Men unga zarar etkazmoqchi emasdim. U bilan maydonda murosaga keldim va o'yindan so'ng kiyinish xonasidan uni izladim. Biroq, topolmadim chunki Milan tibbiy nazoratdan o'tish uchun ketgan ekan. Lekin, men unga xabar yuborib qo'ydim”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Ramos 24 yoshli futbolchini burnini sindirdi. Uning hati-harakatini ushbu videoda ham ko'rib olishingiz mumkin.