"Real" yarimhimoyachisi Kazemiro EChL guruh bosqichining 4-turida "Viktoriya Plzen" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (5:0) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu "Real" uchun muhim o'yin edi. Raqib darvozasini besh marta ishg'ol qildik, bu bizga ishonch beradi. O'tgan o'yinlarda ham xuddi shunday vaziyatlar sodir qilgan, ammo ulardan foydalana olmagan edik. Raqib o'yin startida bosim uyushtirishini bilar edik, ammo bunga dosh berib, ikkita gol ura oldik.
Ko'plab vaziyatlar yaratdik, beshta gol urdik, gol o'tkazmaslik ham muhim edi. "Real" dunyodagi eng talabchan klub, bu erda doim g'alaba qozonish kerak", - deydi Kazemiro.