Evropa chempionlar ligasining 4-turi doirasida "Real" yirik hisobda g'alaba qozondi. Chexiyada "Viktoriya" klubi mehmoni bo'lgan madridliklar raqib darvozasiga javobsiz 5ta to'p yo'llashdi.
"Qirollik klubi" tanaffusga qadar raqib posbonini 3 marta xafa qilishga ulgurgandi. Karim Benzema "dubl"ga erishgan bo'lsa, Kazemiro, Beyl va Kroos bittadan gol mualliflariga aylanishdi.
3-turdan so'ng "G" guruhida qo'shpeshqadamlik davom etmoqda. "Real" va "Roma" hisobidagi ochkolar soni 9taga etgan bo'lsa, TsSKA hisobida 4 ochko mavjud. "Viktoriya" esa pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
EChL, "G" guruhi, 4-tur
Viktoriya Plzen Chexiya – Real Madrid Ispaniya 0:5 (0:4, 0:1)
Gollar: 0:1 – 20 Benzema, 0:2 – 23 Kazemiro, 0:3 – 37 Benzema, 0:4 – 40 Beyl, 0:5 – 67 Kroos.
Viktoriya Plzen – Grushka, Rjeznik, Geyda, Gubnik, Limberski, Groshovski, Gavel (Petrjela, 38), Proxazka, Chermak (Gorshava, 61), Kopits, Xorii (Rjeznichek, 80).
Real Madrid – Kurtua, Odriosola, Nacho, Ramos (Xaver Sanches, 59), Regilon, Kazemiro, Kroos (Isko, 73), Vaskes, Sebalos, Beyl, Benzema (Vinisius Junior, 62).
Ogohlantirish: Nacho (53).