Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu KK-2017 musobaqasidan o'rin olgan Rossiya terma jamoasiga qarshi o'yinda hisobni ochdi.
Futbolchi 8-daqiqada Rafael Gerreyro tomonidan jarima mamaydoniga uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi.
Natijada, Ronaldu 2017 yilda klub va terma jamoa safida urilgan gollar soni bo'yicha «Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga etib oldi.
Endi har ikkala futbolchining hisobida 32ta gol bor. Ulardan keyingi o'rinlarni Harri Keyn (28), Robert Levandovski (27) va Edinson Kavani (26) egallab turibdi.