Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mbappe nima uchun «Real»ga o'tmagandi? Football Leaks qiziq ma'lumotlarni oshkor qildi

Football Leaks futbol olamida sensatsion ma'lumotlarni oshkor qilishda davom etmoqda.

.
- Yuklab olish

Football Leaks futbol olamida sensatsion ma'lumotlarni oshkor qilishda davom etmoqda. Kilian Mbappening "Monako"dan "PSJ"ga o'tishi bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlar chop etildi.

"Real" Mbappe uchun 180 mln evro to'lashga rozi bo'lgandi
2017 yilning yozida "Monako" Mbappening transferi borasida qizg'in muzokaralar olib bordi. Muzokaralar transfer muddatining so'nggi kuniga qadar davom etdi. 20 iyul kuni "Real" frantsiyalik futbolchini sotib olish borasida aniq kelishuvga erishgandi.

"Monako" asosiy transfer narxi va qo'shimcha bonuslarni qo'shib hisoblaganda 180 million evro olishi kerak edi. Bundan tashqari, Ispaniya qonuniga ko'ra, mazkur transfer uchun yana 34 million evro soliq to'lanishi lozim edi. "Monako" bu summani to'lashni istamagani uchun, Florentino Peres to'lanadigan soliq summasini o'z zimmasiga oladi. Shu bois, Mbappening transferi "Real" uchun 214 mln evroga tushar edi.

Bunday kelishuvga qaramay, Kilian Mbappe "PSJ"ga o'tishni istab qoldi. "Monako" bosh direktori Dmitriy Vasilev dastlab jamoaning asosiy raqibiga futbolchi sotishni istamadi. Lekin keyinchalik klub "PSJ"dan "Real" taklif qilgan pulni talab qildi. 31 avgust kuni "PSJ" bu taklifga rozi bo'ldi. Natijada Mbappe Parijga ko'chib o'tdi.

"PSJ" va "Monako" soliqlarni chetlab o'tishdi
"Pari Sen-Jermen" dastlab Kilianni 1 yilga bepul ijaraga oldi. Ammo shartnomada bir yildan keyin uni 145 mln evroga sotib olish majburiyati bor edi. Bundan tashqari, parijliklar futbolchini keyinchalik boshqa jamoaga sotadigan bo'lsa, "Monako"ga 35 million evro bonus to'lab beradi.

O'tgan yili Neymarni 222 million evroga sotib olgan "PSJ", bunday kelishuv orqali moliyaviy halol o'yin qoidasini buzmaslikka harakat qildi. Ammo Football Leaks tomonidan e'lon qilingan hujjatlar shuni ko'rsatib turibdiki, bepul shartnoma orqali tomonlar Frantsiya soliq tizimidan qochib qolishgan.

"Monako" va "PSJ" o'rtasidagi dastlabki shartnomaga ko'ra, parijliklar Mbappening ijarasi uchun 30 mln evro to'lashlari kerak edi. Bunday holatda "PSJ" 10 million evro soliq to'lashiga to'g'ri kelar edi. Shu bois, parijliklar ijara shartnomasini 20 million evroga tushirishni taklif qilishdi. Bu taklif "Monako" rahbariyatiga yoqmadi. Yakunda ular bepul ijara va 35 million evro bonusga kelishib olishdi. Transfer oynasi yopilishiga 10 soat qolganida rahbarlar yakuniy qarorga kelishdi.

Futbolchining maoshi
Mbappening vakillari muzokaralar chog'ida 5 yillik shartnoma davomida futbolchi 55 million evro maosh olishi kerakligini talab qilishdi. Ya'ni, Kilian 5 yil davomida jami 50 million evro maosh hamda shartnoma imzolagani uchun yana 5 million evro mukofot (bu 2 yil davomida to'lab berilishi kerak) olishi lozim. "Pari Sen-Jermen" bu talabga ham rozi bo'ldi.

Mbappe birinchi mavsumda 9,5 million evro maosh olishni istagandi. Ammo klub bunga rozi bo'lmadi va yildan-yilga o'sib boruvchi maosh taklif qildi. 2017/18 yilgi mavsumda Kilian 7 mln ​​evro olgan bo'lsa, ushbu mavsumda 9,3 mln evro oladi. Uchinchi mavsumda o'yinchi 10,3 million evro maosh oladigan bo'lsa, beshinchi yilda frantsiyalik futbolchiga 12 mln. evro to'lanadi.

Samolyot, "Oltin to'p", shaxsiy xodimlar
Eng qizig'i shu joyda. Mbappe va uning oilasi "PSJ"dan juda ko'p narsa so'rashdi. Jumladan, agar Kilian "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadigan bo'lsa, jamoaning eng ko'p maosh oladigan futbolchisiga aylanishini istadi. Bunday holatda uning maoshi 3 baravar oshib ketgan bo'lardi — 30 mln evro. "PSJ" bunga rozi bo'lmadi. Mbappe "Oltin to'p"ga ega chiqadigan bo'lsa, futbolchi bir martalik 500 ming evro miqdorida mukofot olishi haqida shartnomaga band kiritildi.

O'yinchining ikkinchi talabi. "PSJ" moliyaviy feyr-pley tufayli Chempionlar ligasidan chetlatiladigan bo'lsa, Mbappe kompensatsiya talab qildi, ammo klub bu talabga rad javobini berdi. Uchinchidan, "PSJ" futbolchining yana bir talabini bajarishni istamadi. Unga ko'ra, jamoa Mbappega shaxsiy samolyot taqdim qilib, u har yili 50 soat davomida bu samolyotda uchishi kerak edi.

"PSJ" futbolchining boshqa talabini bajardi. Uy ijarasi hamda 3 nafar xodimlar — xizmatchi, haydovchi va qo'riqchining maoshlari uchun oyiga 30 ming evro to'lab beradi.

Futbolchining agentlari uchun to'lov
Football Leaks yana bir qiziq faktni ma'lum qildi. Mbappening transferi uchun ikki nafar agent o'z ulushlarini olishdi. Jorje Mendeshning  (Krishtianu Ronaldu va Joze Mourinoning agenti) hisob raqamiga transferning umumiy qiymatidan 5 foiz miqdorida — 9 million evro miqdorida pul kelib tushdi. Aslida Mendesh Mbappening agenti hisoblanmaydi. Mazkur transferda u qanday ishni bajargani noma'lum.

Yana shu narsa ma'lum bo'ldiki, ushbu transfer uchun pullar "Monako" hisob-raqamiga emas, klub xo'jayini Dmitriy Ribolovlevning cho'ntagiga kelib tushadi. 2018 yilning 30 iyul kuniga qadar 77 million evro tushib bo'lgan.

BestMaster
7 Noyabr 2018, 20:40
mbappe, nima, uchun, «real»ga, otmagandi?, football, leaks, qiziq, malumotlarni, oshkor, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 Zofik  
Mbappe erkalanib ketma
8 Noyabr 2018, 12:26
 Zofik  
Mbappe erkalanib ketma
8 Noyabr 2018, 12:27
 Reyim  
Realga boshka sik keregmasmi
8 Noyabr 2018, 18:44
 arthur  
Mbappe idial variant realga
8 Noyabr 2018, 20:09
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads