"Monako" klubi sobiq bosh murabbiyi Leonardu Jardim yaqin orada "Real"ni boshqarishi mumkin. "Qirollik klubi" rahbariyati 44 yoshli mutaxassisni bosh murabbiylikka tayinlash masalasini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda ESPN nashri Jardimga yaqin manbalarga tayanib xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Peresning ro'yxatidan, shuningdek, "Tottenxem" bosh murabbiyi Pochettino, "Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte va Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines ham o'rin olgan. Ammo Pochettino bugun "Real"ning taklifiga rad javobini berdi. Martines esa ushbu xabarni izoh berishdan bosh tortdi.
"Real" yaqin kunlar ichida yangi bosh murabbiy tayinlashi kerak. La liga reglamentiga muvofiq Solari 15 kundan ortiq vaqt davomida "Madrid"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi vazifasida qola olmaydi. Shu bois, "Real" yo yangi bosh murabbiy tayinlashi lozim, yoki Solarini mavsum oxiriga qadar bosh murabbiy sifatida rasman ro'yxatdan o'tkazishi kerak.