«Tottenxem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Real»dan tushgan taklifga rad javobini berdi.
Xulen Lopetegini iste'foga chiqargan "Qirollik klubi" argentinalik murabbiyga murojaat qilib, unga 15 million funt sterling (texminan 17 million evro) yillik maosh taklif qildi. Shunga qaramay, 46 yoshli mutaxassis Londonda qolishga qaror qildi.
Pochettino boshqaruvidagi «Tottenxem» Angliya chempionatining ushbu mavsumida 24 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi.