Madridning “Real” klubi “Inter” hujumchisi Mauro Ikardini yanvardayoq jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda Don Balon xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qirollik klubi” argentinalik futbolchi uchun 110 million evro to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchi faoliyatini “Real”da davom ettirishni xohlayotgani to'g'risida xabarlar tarqalgan edi. “Real” futbolchini Karim Benzemaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.