Zagrebning “Dinamo” klubi futbolchisi Aydin Xasich faoliyatini Evropaning top klublarida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 17 yoshli bosniyalik futbolchi bilan “Barselona” va “Real” klublari qiziqmoqda.
Avvalroq Xasich “Dinamo” bilan shartnomasini o'zaytirishni rad etgan edi. Eslatib o'tamiz, futbolchi joriy mavsum 6 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan.