Sobiq "Qirollik klubi" futbolchisi Rafael van der Vaart futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Gollandiyalik yarimhimoyachi "Esberge" klubida to'p surardi va u orttirib olgan jarohatlaridan so'ng faoliyatini davom ettira olmaslikga to'g'ri keldi. U Daniya superligasida bor yo'g'i 55 daqiqa to'p surdi.
"Men faoliyat yuritgan barcha klublarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Barcha futbolchilar va muxlislarga tashakkur. "Amsterdam Arena", "Folksparkstadion", "Uayt Xart Leyn" va "Santiago Bernabeu"dagi muxlislarga rahmat. Men sizlarni yaxshi eslayman", - deydi futbolchi.
Van der Vaart "Santiago Bernabeu"da 2008-yildan 2010-yilgacha to'p surdi. U jami "Real" libosida 73 o'yinda maydonga tushib 12 ta to'p kiritgan.
Bobojonov