«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliqlar ishi bo'yicha sud mahkamasidan qutulib qolmoqchi.
Cope xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchiga 6 yilgacha bo'lgan qamoq jazosi tahdid qilmoqda. Endi u bunday jazodan qutulib qolish uchun, tergov bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Krishtianu sud oldida javob bermasligi uchun 14,7 mln evro miqdoridagi soliqni va katta miqdordagi jarimani to'lashi shart bo'ladi. Shundagina tergovchi jinoyat ishini yopishi mumkin.