Madridning «Real» klubi Adidas kompaniyasi bilan rekord miqdordagi homiylik shartnomasini imzoladi. Kelishuvga ko'ra, "Qirollik klubi" 10 yil davomida (2020-2030) jami 1,1 milliard evro miqdorida daromad oladi.
Adidas tomonidan ishlab chiqarilayotgan formalarni kiygani uchun "Real" har yili 110 million evro miqdorida pul ishlab topadi. Bu esa hozirgi shartnomaga (52 million evro) nisbatan ikki baravar ko'p.
Hozirgi kunda «Manchester Yunayted» klubi eng yirik homiylik shartnomasi ega – yiliga 85 million evro. «Barselona»ning Nike bilan yillik shartnomasi esa 83 million evroga teng.